Siyosat
Hukumat qarori bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Reglamentga koʻra, subsidiya nodavlat taʼlim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
bino va oʻquv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʻlashga.
Nodavlat taʼlim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasigacha YAIDXPda elektron roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
2 yilga moʻljallangan biznes reja;
mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish toʻgʻrisida tuzilgan xoʻjalik shartnomalari;
pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv xonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun).
Subsidiya talabgorlaridan yuqorida koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlov amalga oshirilmaydi.
Mazkur tartib 2022-yil 1-oktyabrdan amalga kiritiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q