Jamiyat
Hukumat qarori bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) roʻyxati tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:
olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln soʻmdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111957
Jamiyat
94699
Jamiyat
90702
Jamiyat
75463
Jamiyat
//
Izoh yo‘q