Toshkent aeroportida MIBning xizmat koʻrsatish boʻlimi tashkil etildi

Saqlash
15:45 / 20.09.2022 653 0

Toshkent aeroportida Majburiy ijro byurosining xizmat koʻrsatish boʻlimi paydo boʻldi. Boʻlim Oʻzbekiston fuqarolarining chet elga chiqishiga taqiq qoʻyish bilan bogʻliq muammoli vaziyatlarning yechimi bilan shugʻullanadi.

 

Kommunal toʻlovlar, kreditlar, jarimalar va boshqa qarzlar oʻz vaqtida toʻlanmagani uchun Oʻzbekistondan tashqariga chiqish cheklanishi mumkin. Shuningdek, cheklov inson omili sabab notoʻgʻri qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun MIB xodimlari aeroportda 24/7 ishlaydi.

 

MIB boʻlimi Toshkent xalqaro aeroportining joʻnab ketish zalidagi maʼlumot stolida joylashgan. Xodim yoʻlovchining iltimosiga binoan qarz bor yoki yoʻqligini aytishi mumkin. Shuningdek, qarzni toʻlab va toʻlov hujjatini taqdim etilganidan soʻng MIB xodimi tizimni yangilashi va yoʻlovchidan ketish uchun taqiqni olib tashlashi mumkin.

 

Toʻlovlar faqat elektron toʻlov tizimlari (Click, PayMe, Apelsin va boshqalar) orqali qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//