Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Andijon” yoʻnalishlarida avtomobilda yoʻlovchi tashish vaqti oʻrtacha 1-1,5 soatga koʻpaydi. Lekin, temir yoʻl va avia qatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi. Shu bois tegishli mutasaddilarga:
- vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yoʻlga qoʻyish;
- viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temir yoʻl qatnovlarini 2 baravar koʻpaytirish;
- kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish boʻyicha alohida dastur qabul qilish;
- viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
- shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Boʻstonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yoʻnalishlarda yangi oʻquv dasturlari asosida oʻqitishni boshlash;
- “Ipak yoʻli” turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida oʻrta boʻgʻin xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni oʻqitish topshirildi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi H.Hosilov 3 oyda oʻz tizimida oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q