Xorazmda 24 yoshli ayol tugʻruqxonada vafot etdi

Saqlash
14:09 / 19.09.2022 543 0

Xorazm viloyati Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruq kompleksida ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruq kompleksida Shirinqoʻngʻirot qishlogʻi, «Ochanqalʼa» mahallasida yashagan 24 yoshli G.B. qiz jinsli chaqaloq tuqqan va tugʻruqdan keyin qon ketish kuzatilgach, unda bachadon ortigʻi bilan olish jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.

 

Jarrohlik amaliyotidan keyin G.B. 13-sentyabr kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga oʻtkazilgan va koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 14-sentyabr kuni filialning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

 

Shuningdek, ayolning oʻlimi sababini aniqlash yuzasidan sud – tibbiy ekspertizasi hamda unga koʻrsatilgan tibbiy yordamning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aniqlash yuzasidan komissiyaviy sud – tibbiy ekspertizasi, shuningdek G.B. vafoti boʻyicha shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan Yangibozor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani maʼlum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish