Qashqadaryoda 50 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani aytildi

Saqlash
17:45 / 19.09.2022 620 0

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabgacha taʼlim muassasasida 50 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani toʻgrisidagi xabar tarqaldi. Maktabgacha taʼlim vazirligi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qarshi shahar boʻlimi boshligʻining bildirishicha, 17-sentyabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-boʻlimiga Qarshi shahar, “Qoʻrgʻoncha” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.Sh. oʻtkir diariya tashhisi bilan yotqizilgan.

 

Shuningdek, epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, koʻngil aynish, holsizlik, isitma koʻtarilishi kuzatilgan. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilayotgani aytilgan.

 

Xatda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qarshi shahar boʻlimi boʻlimga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar oʻrtasida ovqatdan zaharlanish holati boʻyicha tezkor xabarnoma kelib tushmaganligini bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//