Ilm-fan
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari Oʻzbekiston hududlari boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishining reytingini tuzdi.
Hisoblash uchun asos sifatida AKTning rivojlanish indeksi (IDI) tanlandi. IDI 3 guruhga ajratilgan (AKTga ulanish imkoniyati, AKTdan foydalanish darajasi va AKTdan foydalanish uchun koʻnikmalar) 11 koʻrsatkichni jamlagan holda hisoblanadi.
Indeks 2015-2021-yillar uchun hisoblangan.
Asosiy natijalar:
Oʻzbekiston boʻyicha indeksning oʻrtacha qiymati 2015-yildagi 6,04 dan 2021-yilda 6,96 ga koʻtarildi.
2021-yilda kuchli uchlikka Toshkent shahri (indeks qiymati 9,28), Navoiy (7,41) va Buxoro (7,06) viloyatlari kirdi.
Oʻrganish davrida indeksning eng katta oʻsishi Xorazm (+1,20), Qashqadaryo (+1,18), Namangan (+1,15) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (+1,12) qayd etildi.
Eʼtiborli jihati shundaki, oʻrganilayotgan davrda Oʻzbekistonning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) indeks mutlaq koʻrsatkichining oʻsishi kuzatilgan. Toshkent shahri indeksining pasayishi boshqa hududlarga nisbatan dastlabki davrdagi yuqori koʻrsatkichlar bilan izohlanishi mumkin. Shunga qaramay, Toshkent shahri 2021-yilda ham reyting boʻyicha sezilarli ustunlikni saqlab qoldi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q