Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha bosh reja tasdiqlandi

Saqlash
16:49 / 19.09.2022 670 0

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining qarori bilan 2023-2027-yillarda Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha bosh reja tasdiqlandi. Unga koʻra har yili:

 

7 mln ga yaqin mavsumiy gullar;

 

75 mingdan kam boʻlmagan miqdorda daraxt koʻchatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.

 

Bosh rejada yil yakuniga qadar yogʻingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv toʻplanishi va suv toshishi mumkin boʻlgan manzillar roʻyxatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini koʻrish nazarda tutilmoqda.

 

Qaror bilan quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

 

2024-yilga qadar poytaxtni yashillik darajasini 30%ga yetkazish;

 

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga mansub boʻlgan korxonalarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95%dan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni oʻrnatilishini nazorat qilishni yuklatish;

 

shahar va tumanlar markazlari koʻchalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazib, tarmoqlarni joriy taʼmirlash va yangilash choralarini koʻrish;

 

daraxtlarni zararkunanda hasharotlardan saqlab qolish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb etish;

 

2022-2024-yillarda shahardan oʻtadigan kanallarning (62 km qismi) qirgʻoq boʻylarini obodonlashtirish, kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, koʻkalamzorlashtirish va sayilgohlar tashkil etish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//