Attila, Dengiz, Yomg‘ir, Ko‘kalp – unutilayotgan o‘zbekcha ismlar


Saqlash
18:11 / 05.12.2024 685 0

Bu ro‘yxatni ikki yil oldin e’lon qilgandim. Shundan beri u yana to‘ldirildi, ro‘yxat oxirida Koshg‘ariy bobomiz “Devonu lug‘otit-turk”da keltirgan ming yil oldingi turkiy ismlar ham ilova qilindi. Albatta ularning ko‘pchiligini bugun iste’molga qaytarib bo‘lmaydi, lekin ular ming yil oldin ajdodlarimizning ism qo‘yish udumlari qanday bo‘lgani haqida bizga tasavvur berishi mumkin.

 

Hozirgi o‘zbek ismlarini asosan uch katta qism: arabcha, forscha va turk-o‘zbekcha ismlar guruhiga bo‘lish mumkin. Afsuski, ular ichida eng g‘aribi, eng kam uchraydigani – chin o‘zbekcha otlardir. Keyingi paytlarda esa ularning soni yanada, keskin kamayib bormoqda. O‘z farzandini o‘z tilidagi ot bilan atashga or qiladigan o‘zbekday millat bo‘lmasa kerak.

 

Shuningdek, o‘zbek ismlari ichida aralash: arabcha-o‘zbekcha (Alloberdi), forscha-o‘zbekcha (Gulyuz), forscha-arabcha (Dilmurod) ismlar ham juda ko‘p.

 

Ma’lumki, Islomdan keyin, har bir musulmonning ismi islomiy bo‘lishi kerak, degan aqida ta’sirida sof turkiy ismlar qo‘yish udumi o‘rta asrlardayoq taraqqiy etishdan to‘xtagan. O‘tmishda fors tili arab tilidan keyin ikkinchi madrasa tili, adabiyot tili maqomida bo‘lgan. Shu bois forscha ismlar turk ismlariga nisbatan arablashtirishdan kam ziyon ko‘rgan. Shunday bo‘lsa-da, o‘tmishda ajdodlarimiz chin o‘zbekcha ism qo‘yish udumini saqlab kelishgan. Deylik, bundan ellik yil burun otalarimiz, bobolarimiz mansub avlodlar ichida chin o‘zbekcha otlar ancha ko‘p edi. Ammo bugungi kunda o‘zbek tili arab, fors tillari ta’siridan ancha mustaqil bo‘lgan bir paytda, chin o‘zbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda. Bugungi avlod farzandiga seriallarda ko‘rgan biror qahramonning qulog‘i yoqtirgan ajnabiy, ma’nosini o‘zi ham tushunmaydigan ismini ravo ko‘rishi mumkin, ammo o‘zbekcha ism qo‘ymaydi. O‘zbekcha ism go‘yoki eskilik sarqiti, “модный” emas.

 

Men arabcha, forscha yoki boshqa tildan o‘zlashgan ismlarni mutlaqo qo‘ymaslik kerak, demoqchimasman, faqat farzandingizga ism qo‘yishdan oldin o‘zbekcha otlarni ham o‘ylab ko‘ring. Boshqa tildan chiroyli ism qidirishdan oldin o‘z tilingizda yangi ismlar yaratishga, yangi ismlar bilan tilimizni boyitishga harakat qilib ko‘ring. Umid qilamanki, kelajakda yana o‘zlikka qaytish kayfiyatlari bo‘ladi, ism qo‘yishdagi bugungi mezonlar ham o‘zgarib, kelajak avlod jarangdor ajnabiy ismlardan ko‘ra o‘zligini ko‘proq anglatadigan chin o‘zbekcha otlarni ko‘proq qadrlaydi.

 

Eslatib o‘taman, ushbu ro‘yxatga aralash ismlar (misol, Xudoyberdi) emas, balki butunlay turkiy (Tangriberdi) ismlar kiritildi. O‘zbekcha aralash ismlar ro‘yxati esa ancha uzun.

 

(Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan chin o‘zbekcha otlarni taklif etuvchilarga oldindan minnatdorchilik bildiraman. Faqat iltimos, biror ismni taklif etishdan oldin uni ushbu ro‘yxatda bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rsangiz, arabcha yoki forscha emasligiga amin bo‘lmangiz, uni keltirsangiz yaxshi bo‘lardi.)

 

Chin o‘zbekcha otlar

 

A

Abray

Adashboy

Akaboy

Alp

Alparslon (Saljuqiy hukmdorlardan birining oti)

Alpomish

Alptegin (G‘aznaviylar davlati asoschisi)

Alper

Arslon

Attila

 

B

Bayram (+ali. Ali – arabcha)

Balqiya

Barchin (Ma’nosi “ipak”, “parcha”. “Devonu lug‘otit-turk” ind.57)

Bahodir

Begi

Begimoy

Begoyim

Begimqo‘l, Begimxon

Begxon

Bek

Bektoy

Bektosh

Bektursun

Beybars (Mamluklardan birining oti)

Bekbo‘ta

Bektemir

Bektursun

Bekqul

Bekcha

Bekchik (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti)

Bekxon

Berdi, Berdibek

Berkin

Bibi

Bibixon

Bilga

Bobobek

Boboqul

Boybek

Boybo‘ri

Boybo‘ta

Boyir

Boykeldi

Boykenja

Boysun

Boysari

Boysung‘ur

Boyqobil

Boyqul

Bolabek

Bolibek

Bolqiboy

Bolbuvi

Bolta

Botir

Bosim

Boshbek

Boqi(jon)

Burxon (arabcha “burhon” emas, qadimgi turkiydagi “burxan”, “burqan”. Ya’ni “x” bilan yozilsa, unga turkcha deb qarash mumkin. “Devonu lug‘otit-turk”da: “burxan – but. Haykalga “bazar burxan” deyiladi”, deb izohlangan (DLT. I t.1960.409-bet). “Budda” ismining qadimgi turkiydagi ko‘rinishi)

Burgut

Bo‘ri

Bo‘rivoy

Bo‘ritosh

Bo‘rixon

Bo‘ron

Bo‘ta

 

V

 

G

Go‘zal

 

D

Dadaxon

Dengiz

 

Ye

Yetmishboy

 

Yo

Yovqoch (Jovqoch)

Yovqochdi

Yozi

Yozibek

Yolqin

Yomonqul

Yorqin

Yorqinoy

Yomg‘ir

 

J

Jaylov

Jang‘il

Jovli

Jongil

 

Z

 

I

Izbosar

Izboskan (Izbosgan)

Ilash

Ilgiz

Ilg‘or

Inju

Inoq

Ipak

Istam

 

Y

Yo‘ldosh

Yo‘lbars

Yo‘lchi

Yo‘lyaxshi

Yigitali (-ali – arabcha)

 

K

Katta, Kattabek

Kattabuvi

Kengboy

Kenja

Ketmon

Kiyik

Kimsan

Kimsanboy

Kultegin

Kunduz

Kunsuluv

Kuntug‘mish

Ko‘klamboy

Ko‘paysin

Ko‘rkli

Ko‘chakboy

Ko‘char

Ko‘chim

Ko‘chimxon

Ko‘kalp

 

L

Lochin

 

M

Mayram

Mangu

Manguberdi

Meli

Meliqo‘zi

Mengboy

Mengbo‘ta

Mengir

Mengli

Menglixon

Mingboy

Momoxon (Momoxol: “xol” – forscha)

Momobuvi (bibi)

Munchoq

Mo‘g‘ulbek

 

N

 

O

Oybalqi

Oybarchin

Oybek

Oybeka, Oybika

Oybibi

Oyday

Oydin

Oyimxon

Oyman

Oysara

Oysuluv

Oytosh

Oyto‘la

Oychechak

Oychuchuk

Oyxon

Oyxonim

Oyqiz

Olmaxon

Olmos

Oltiboy

Oltin

Oltmishboy

Olchin

Olchinbek

Olg‘u (“Olg‘u Chig‘atoyning nabirasi tutur”. Abulg‘oziy. Shajarayi turk. 89-bet)

Onaxon

Oppog‘oy

Orol

Ortiq

Otabek

Otaboy

Otaxon

Ochil

Ochildi

Oqboy

Oqin

Oqbilak

Oqqiz

Og‘abek

 

P

Pamuq

 

R

 

S

Sabuktegin (eski turkiyda: “sevimli shahzoda”. Mahmud G‘aznaviy otasining oti)

Saljuq

Sanjar

Sariboy

Sarimsoq

Sevar

Sevara

Sevgi

Sevinch

Sotvoldi, Sotiboldi

Sotim

Sotqinoy

Sog‘inch

Suvxon

Suzuk

Suluv

Suyun

Suyunbek

Suyunbeka

Suyundiq

Suyunch (Shayboniyxon o‘g‘lining ismi)

Suyanch

Suyar

Suyarqul

Suqsur

 

T

Tangriberdi

Tangribek

Tanishbek

Tarag‘ay, To‘rg‘ay

Tarxon (Tarkan)

Tegin

Tegina (Teginabegim)

Tesha, Teshavoy

Tilov

Tilak

Tinibek

Tiniq

Tirkash

Toyloq

Toymas

Toychoq

Tolmas

Tongotar

Tosh

Toshbolta

Toshbuvi, Toshbibi

Toshtemir

Toshto‘xta

Toshqin, Toshqinboy

Tog‘ay

Tog‘boy

Tugal

Tuyma, Tuymaboy

Tuyg‘u

Tuman

Turar

Turat

Turdi, Turdibek

Turdim

Turkonbegim

Turon

Turg‘un

Turg‘unboy

Turmish (Turmish oqa Amir Temur davrida Qarshi beklaridan Joku barlosning qizining ismi. 1354-yili Temurbek, 18 yoshida, Turmish oqaga uylangan)

Tursun, Tursunboy

Tursunoy

Tug‘luq (Tug‘li, Tuxli)

Tug‘rulbek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan)

Tuqtemur (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti).

To‘ychi

To‘la

To‘lagan

To‘lan, To‘lanboy

To‘lg‘on

To‘lg‘onoy

To‘lqin

To‘lish

To‘maris (massagetlar masalasi munozarali. Ushbu ism hozircha shartli ravishda qo‘shildi)

To‘ra, To‘raqo‘l

To‘xta

To‘xtaboy

To‘xtavul

To‘xtamish

To‘xtasin

To‘xta

To‘qal (Amir Temurning ayoli)

To‘qsuluv

To‘g‘on, To‘g‘onbek

To‘g‘ri, To‘g‘ribek, To‘g‘riboy

 

U

Uzoq

Uyto‘l, Uyto‘loy

Uyto‘la

Ulanboy

Ulash

Ulkan

Ullibibi

Ulbo‘lsin

Ulug‘bek

Ulug‘berdi

Ulug‘boy

Ulug‘xon (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi to‘rtinchi hukmdorining ismi. (1265–1287) G‘iyosiddin Balban)

Ulg‘ay

Umid, Umida (bu ism forscha deyiladi, lekin qadimgi turkiyda “umid” ma’nosida “umdu”, “umunch” so‘zlari bo‘lgan. Shu kabi “umunchlig‘” – umidli, “umundim” – umidlandim)

Unsin, Unsinoy

Urdush

Uchqun

 

F

 

X

Xontemir

Xonkeldi

Xonbibi

Xonim

Xonimoy

Xonimqul

Xoqon

 

Ch

Charos

Chag‘ribek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan birining oti. “Chag‘ri” eski turkman tilida “lochin”)

Chaqir

Chechak

Chinni (Chinnixol, Chinnigul)

Chingiz

Chinni

Chintemir

Chiroy

Chuchuk

Cho‘li (Cho‘lli)

Cho‘yan

 

Sh

Shodlik

Shaymanboy

Shunqor

 

E

Egamqul

Egamberdi, Egambergan

Egiz

Elbars

Elbek

Elkezar

Elsari

Elsevar, Elsuyar

Eltoy

Eltuzar

Eltutmish (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi uchinchi hukmdorining ismi. (1211–1236) To‘liq ismi: Shamsiddin Eltutmish ibn Yalam)

Elxon

Elchi

Elchin

Emin

Enaxon

Enaqiz

Epkin

Eralp

Eran

Erbek

Ergash

Erboy

Eryigit

Erka

Erkenja

Erkin

Erkli

Ertoy

Erto‘g‘rul

Erqul

Esirgap

Eson

Esh

Eshbek

Eshberdi

Eshboy

Eshbo‘ri

Eshim

Eshturdi

Eshto‘xtar

Eshqobil

Eshqora

Eshqul

 

Yu

Yulduz

Yurtsevar

 

Ya

Yayra

Yangiboy

Yanglish

Yarash

Yarlaqab

Yashar

Yashnar

Yashin

Yaxshiboy

 

O‘

O‘daboy

O‘zbek

O‘zbegoyim

O‘ktam

O‘lmas

O‘ljaboy

O‘ljoy

O‘lmasoy

O‘nar

O‘ngboy

O‘ngal

O‘ngar

O‘rin

O‘rinboy

O‘rol

O‘roz

O‘roq

O‘rmon

O‘rxon

O‘sar

O‘skan

O‘ta, O‘taboy

O‘tagan

O‘tanbek, O‘tanboy

O‘tkir

O‘g‘iloy, O‘g‘ilxon

O‘g‘ilcha

O‘g‘lon

O‘g‘uzbek (O‘g‘uzxon)

O‘qtoy

 

Q

Qaynar

Qaytar

Qaytmas

Qaldirg‘och

Qambar

Qamchi, Qamchibek

Qarol

Qarshi, Qarshiboy

Qarg‘aboy

Qashqir

Qizlarbegi

Qizlarbibi

Qizlarxon

Qilich

Qilich Arslon (saljuqiy hukmdorning oti)

Qirmiz

Qirchechak

Qirg‘izboy

Qobil (Qobilxon – Chingizxonning bobosi)

Qobilbek

Qozoqboy

Qoplon

Qoravoy

Qorasoch

Qoracha

Qoraqul

Qoryog‘di

Qorjov

Quvnoq

Quvonchbek

Quvondiq

Quyosh

Qulbul

Qultoy

Qumri

Qunduz

Quroqboy

Qutlug‘

Qutbuka

Qutlibeka (Qutlug‘beka)

Qutluqqiz

Qo‘zi, Qo‘ziboy

Qo‘yli

Qo‘ysin

Qo‘ldosh

Qo‘lli

Qo‘ralay

Qo‘rqmas

Qo‘sh(sh)a

Qo‘shoq

Qo‘chqor

 

G‘

 

H

Hulkar

Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk”da keltirgan bundan ming yil oldingi kishi otlari:

Abi – erkaklar ismi

Azaq – o‘g‘uz beklaridan birining ismi

Ayas – qul ismi

Alp Aya – er kishi ismi

Alp Artun – er kishi ismi

Alp er To‘nga – er kishi ismi. Qoraxoniylar Alp er To‘nga va Afrosiyobni bir shaxs deb bilishgan

Alp Tegin – “Bahodir qul”. Er kishi ismi

Badruq – er kishi ismi

Bayzan – er kishi ismi

Barman – er kishi ismi. “Afrosiyobning o‘g‘li”

Barsg‘an – er kishi ismi. “Afrosiyobning o‘g‘li”

Begi – er kishi ismi

Bekach Arslon Tegin – er kishi ismi

Beklan – er kishi ismi

Bektur – er kishi ismi

Bista – er kishi ismi

Bo‘g‘ra – Bo‘g‘ra qaraxaqan, Qoraxoniy hukmdorlardan birining ismi

Buzrach/Budrach/Buzruj – “yabaqular begining ismi”.

Buluch – er kishi ismi

Bulg‘aq – er kishi ismi

Burslan – er kishi ismi

Yenshi – Xo‘tan begining ismi

Inal Uz – qipchoq xonlaridan birining ismi

Yavlaq sarig‘ – beklardan birining ismi (lekin “yavlaq”ning ma’nosi – “yomon, tuban, qattiq, mustahkam”. A.H.).

Yalinguq – Odam alayhissalomning nomi

Yag‘an tegin – kishi nomi (ammo “yag‘an”ning ma’nosi – “fil”)

Kumush tegin – kishi ismi

Kuch tegin – kishi ismi

O‘tamish – er kishi ismi

Rum – kishi ismi

Seljuk – sultonlar bobosining ismi

Seljuk Subashi – kishi nomi

Sungish – er kishi ismi

Suli – qul ismi

Tabar – xon ismi

Tabdu – kishi ismi

Tekish – er kishi ismi

To‘nga Alp Er – (yuqorida “Alp Er To‘nga”ga qarang)

To‘ngaxon – kishi ismi

To‘nga tegin – kishi ismi

Toqish – kishi ismi

To‘g‘ril – kishi ismi

Turumtoy – kishi ismi

Tutush – kishi ismi

Tutuq – er kishi ismi

Turk – kishi ismi

Utar – kishi ismi

Utush – kishi ismi

Qaban – kishi ismi

Ervo‘z – er kishi ismi

Qaz – “Devon”da: “Afrosiyob qizining ismi” deb izohlangan. Ma’nosi – g‘oz.

Qay – er kishi ismi

Qalalduruq – er kishi ismi

Qangli – kishi ismi

Qatmish – er kishi ismi

Qilichxan – er kishi ismi. “Devon”da: “xoqonlarning laqabi”.

Qo‘tan – er kishi ismi

Qulbaq – kishi ismi

Quluch – er kishi ismi

Qumuq – “bekning ismi”

Qutlug‘ – er kishi ismi

Qutlug‘ tegin – “shahzoda ismi”

Chag‘ribek – er kishi ismi

Chag‘ri tegin – “shahzodaning ismi”

Chuchu – turk shoirlaridan birining ismi

Cho‘g‘lan – kishi ismi

Shu – “Devon”da: “turklar shohining ismi”, deb izohlangan.

 

Tuzuvchi Abduvohid HAYIT.

 

Foto by: Abdumannon MUHAMMAD

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23235
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//