Xalqimiz ichida islom dinidan boshqa dindagi kitoblarni oʻqish mumkinmi yo mumkin emasmi, degan turfa savollar yuradi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼati “Injil, Tavrot kabi kitoblarni va boshqa dinlarni oʻrganish joizmi?” degan savolga javob berdi.
«Har bir musulmon Tavrot, Injil, Zabur kitoblari va Ibrohim alayhissalomga tushirilgan sahifalarga imon keltirishi zarur. Ammo bundan avvalgi samoviy kitoblarni ham Qurʼon kabi oʻqilishi mumkin, degan xulosa chiqarilmaydi. Chunki Paygʻambarimiz sollollohu alayhi vasallam Tavrotning ayrim sahifalarini oʻqiyotgan Umar roziyallohu anhuni koʻrib gʻazablandilar va bunday deganlar:
أفي شك أنت يا ابن الخطاب ؟ لقد جئتُكم بها بيضاء نقيةً ، لو كان موسى حياً ما وسعه إلا اتباعي
yaʼni: «Menga shak qilayapsanmi, ey Xattobning oʻgʻli? Men u (din)ni sizlarga oppoq, pokiza holda keltirdim. Agar Muso tirik boʻlganda menga ergashishdan boshqa chorasi boʻlmas edi».
Shuning uchun avval oʻzimizni dinimizni toʻliq va mukammal oʻrganing. Aqida, ibodat va muomala masalalarini ustozlardan va asl manbalardan atroflicha oʻzlashtiring. Ana shunda sizda oʻz diningiz taʼlimotlarini boshqasiga qorishtirib qoʻymaslik malakasi paydo boʻladi. Bu deganimiz bir-ikkita kitobdan ayrim maʼlumotlarni oʻrganib olib men Islomni oʻzlashtirdim, endi boshqa din kitoblarini oʻqishga haqqim bor, deguvchilarga ruxsat degani emas.
Shuningdek, Paygʻambar alayhissalom zinokorlarga jazo berish masalasida hukm soʻrab yuzlangan yahudiylarga oʻz kitoblarida ham bu jinoyatga jazo bor ekanligini isbotlash uchun Tavrotga murojaat qilganlari rivoyat qilingan. Bundan kelib chiqadiki, oʻz dinini puxta bilib amal qiladigan yetuk mutaxassis boʻlgan odamni boshqa din adabiyotlarini muayyan, raddiya berishga oʻxshash maqsadlarda mutolaa qilishga haqqi boʻladi. Aks holda, yaʼni har kim ham oʻzga dinlar adabiyotlarini bilib-bilmasdan oʻqib, missionerlar tuzogʻiga ilinib qolishi hech gap emas», deyiladi unda.
Falsafa
Ma’naviyat
Vatandosh
Tarix
Ma’naviyat
Adabiyot
Til
Ta’lim-tarbiya
Jarayon
Tarix
Tarix
Tarix
Din
Adabiyot
//
Izoh yo‘q