Shoira Gulnoz Mo‘minova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
15:10 / 23.09.2024 435 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYОTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 78-kuni shoira Gulnoz Mo‘minova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Homer, “Iliada” dostoni;

2. Migel de Servantes, “Don Kixot” romani;

3. Lev Tolstoy, “Anna Karenina”, “Tirilish” romanlari;

4. Mixail Lermontov, “Zamonamiz qahramoni” romani, “Maskarad” dramasi;

5. Erix Remark, “Uch og‘ayni”, “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romanlari;

6. Stefan Sveyg, “Notanish ayol maktubi”, “Amok”, “Oy yorug‘idagi ko‘cha” novellalari;

7. Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Fuzuliy g‘azaliyoti, Rumiy, Nasimiy, Yunus Emro, Maхtumquli she’rlari;

8. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” romani, “Jinlar bazmi” hikoyasi;

9. Murod Muhammad Do‘st, “Dasht-u dalalarda”; Erkin A’zam, “Anoyining jaydari olmasi”, “Hulo‘l”; Ahmad A’zam, “Tugmachagul”; Nazar Eshonqul, “Bahovaddinning iti”, “Maymun yetaklagan odam”, “Qultoy”; Abduqayum Yo‘ldosh, “Puankare”, “Mubtalo”, “Parim bo‘lsa...”; Ulug‘bek Hamdam, “Tosh”, “Bir piyola suv”, “So‘z”; Luqmon Bo‘rixon, “Tun qa’ridagi shu’la”, “Cho‘ldan kelgan tashvish” hikoyalari;

10. Nozim Hikmat, Uolt Uitmen, Pol Elyuar, Charlz Bukovski, Silviya Plat, Emili Dikinson, Avetik Isaakyan, Silva Kaputikyan, Anna Axmatova, Marina Svetayeva, Iosif Brodskiy, Fo‘rug‘ Farruxzod, Suhrob Sipehriy, Halina Posvyatovska, Dedem Madak, Jamol Surayyo, Abdurrahim Qoraqo‘ch she’rlari.

 

Gulnoz Mo‘minova 1978-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Hozirda “Yoshlar” teleradiokanalida faoliyat yuritadi.

 

“Fasllar shiviri”, “Sayyoh qushlar”, “Dil siniqlari”, “Chig‘anoq”, “Kometa” nomli kitoblari, jahon she’riyatidan tarjimalari chop etilgan.

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

14:09 / 24.09.2024 0 104
Ajiniyoz obraziga bir nazar

Adabiyot

17:09 / 23.09.2024 0 759
Usmon Azimning “ramka”ga tushmagan portreti





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20411
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

//