Musofirlikda hayotimizni noldan boshladik – Amerikada kasbini o‘zgartirgan o‘zbek ayoli


Saqlash
13:14 / 18.09.2024 566 0

Lobarxon Usmonova – yigirma yildan beri oilasi bilan Amerikada yashaydi. Asli kasbi jurnalist bo‘lgan Lobarni qanday sabablar ayti (IT)ni  o‘rganishga majbur qildi? Qahramonimiz shu haqida va Amerikadagi so‘z erkinligi, ayti  sohasidagi yutuqlar hamda o‘zbekona qadriyatlar haqida hikoya qiladi.

 

Amerika orzusi va okeanortidagi oilam

 

Turmush o‘rtog‘im bilan kursdoshmiz. Ular Fulbright programmasi orqali Amerikaga o‘qishga ketganlarida Lobarni ham shu yerga olib kelaman, deb niyat qilgan ekanlar. Shu niyat Amerikaga kelishimga eng birinchi sabab bo‘lgan. Ular O‘zbekistonga qaytganlaridan so‘ng biz turmush qurdik, universitetni tamomlab turli sohalarda ishlay boshladik. O‘qituvchi, tarjimon, radio boshlovchi, operator sifatida o‘zimizni sinadik. Turmush o‘rtog‘im va’dasini bajarish uchun Amerika vizasiga hujjat topshirdi va shu tariqa 2004-yili okeanorti mamlakatiga keldik.