Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 77-kuni shoira Guljamol Asqarova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Mumtoz adabiyot namunalari (Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Mirzo Bobur, Boborahim Mashrab, Zebunisobegim, Uvaysiy, Nodirabegim, Anbar Otin, Bedil va boshqalar asarlari);
2. XIX–XX asr ijodkorlari, jadidlar adabiyoti (Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir... ijodi);
3. Jahon adabiyoti (Seneka, Shekspir, Tolstoy, Pushkin, Axmatova, Svetayeva, Pasternak va boshqalar asarlari);
4. Zarifa Saidnosirova, “Oybegim mening” va Said Ahmad, “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitoblari;
5. Ibrohim G‘afurov, “Hayo – xaloskor” kitobi;
6. Antuan de Sent Ekzyuperi, “Kichkina shahzoda” asari;
7. Annemarie Shimmel, “Jonon mening jonimda” asari;
8. Radiy Fish, “Jaloliddin Rumiy” romani;
9. “Asr ovozi” (Ozod inson haqida qo‘shiq) tarjima kitobi;
10. Halima Xudoyberdiyeva she’rlari.
Asqarova Guljamol 1978-yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavr (1999), magistratura (2011) bosqichlarini tamomlagan.
Ish faoliyatini “Milliy tiklanish” gazetasida muxbir vazifasidan boshlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Sharq yulduzi” jurnali, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida faoliyat olib bormoqda.
Uning “Dil fasli”, “Ro‘shnolik”, “Bedor qo‘ng‘iroq”, “Baxt dastxati”, “Uyg‘otuvchi alla”, “Gulnoma”, “Turnalar yo‘li”, “Erkalik imtiyozi”, “Oshiqlar tumori” nomli she’riy kitoblari chop etilgan.
2001-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 2011-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Tarix
Tarix
Falsafa
Til
Ma’naviyat
Jarayon
Til
Ta’lim-tarbiya
Jarayon
Tarix
Tarix
Tarix
Din
Adabiyot
//
Izoh yo‘q