Otamdan qolgan adabiyot – “100 so‘z” esselar tanlovi g‘oliblarining ijodiy ishlari


Saqlash
17:28 / 06.09.2024 789 0

Inson ruhining g‘alabasi

 

Stiven Kingning "Rita Heyvord yoxud Shoushenkdan qochish" asari sabr va umid haqida hikoya qiladi. Bu roman nohaq qamalgan Endi Dyufreynning sayohatini tasvirlaydi, u boshiga tushgan qiyinchiliklarga sabr qilib, umid va halollikni saqlab qoladi. Shoushenkning bo‘g‘uvchi zulmiga qaramay, Endining ozodlikka bo‘lgan sobit ishonchi uni nafaqat jismonan, balki ruhan ham qochishga undaydi. Asar bizga eng qorong‘u joylarda ham umid kuchli bo‘lishi mumkinligini, u hatto eng qalin devorlar orqali o‘ta olishini va har qanday zanjirlarni uza olishini eslatadi. Endining qochishi nafaqat qamoqdan chiqish, balki umidsizlikni yengish – inson ruhining g‘alabasidir. 

 

Sindorjon ASHUROV

 

 

 

Otamdan qolgan adabiyot

 

Adabiyot hech kimning otasidan qolmagan. Ammo shunday adabiyot ham borki, bizga otamizday yaqin, qadrdon va suyukli. Ulug‘ Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan so‘ng qariyb yetmish yil o‘tgach, millat ozodligiga bag‘ishlangan yana bir asar: Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani dunyoga keldi. Adib ushbu romani bilan “o‘zbek xalqiga haykal qo‘ydi”! Jamoliddindek musulmon, Aqrabdek yovqur millatning bosqinchi ivan ivanovichlar tomonidan qanday qilib Dehqonqulga aylantirilganini beshafqat fosh etdi. Ammo asarini baribir umid bilan yakunladi. Tog‘ay Murod sakkiz yilga kesilgan Dehqonqul tilidan: “Men qaytib kelaman!” deyish orqali bu millatni hech qachon yengib bo‘lmasligini, Jamoliddinu Aqrablarning baribir qaytib kelajagini bashorat qildi! 

 

Mumtozbegim MANSURALI qizi

 

 

Yurt isi keladigan asar

 

 Vatan haqida yozish juda mas’uliyatli yumush. Ayniqsa, ortiqcha qasidabozlikdan xoli yozish yana-da mushkul. Lekin Isajon Sulton “Genetik” romanida buning uddasidan chiqqan. Asardagi qahramonlar, manzillar-u voqealar ko‘zimizga issiq ko‘rinadi. Barchasi shu qadar tabiiyki, beixtiyor xulosa qilasiz: “Genetik” – biz haqimizdagi yozilgan! Kitobxon o‘laroq, men bunga shubha qilmayman.

 

 

E’tiborlisi, asarda “vatan” so‘zi qatnashmagan. Qayta-qayta titsam-da bu so‘zni topmadim. Biroq har sahifadan mehnatkash elimizning peshonasidan oqadigan ter hidi ufuradi, qadrdon yaproqlarning shitirlashi eshitiladi, qulog‘imiz ostida qadim kuylarimiz yangraganday bo‘ladi. “Balki dunyoning boshqa joylariga borsangiz, yomg‘irlari begona tuyular? Sababi tafti-yu hidi, tovushlari o‘zga” deb yozadi muallif. Zotan, shu emasmi Vatan timsoli?

Shohrux USMONOV

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:11 / 22.11.2024 0 85
Maktab amma

Adabiyot

15:11 / 20.11.2024 0 272
Abdulla Qodiriy – o‘zbek detektivi asoschisi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22083
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//