Ma’naviyat
Shimoliy Irlandiyada 4, Kanadada 5-6 yosh, Oʻzbekistonda esa 7 yoshdan boshlab – turli mamlakatlarda bolalar necha yoshdan maktabga boradi? “Oyina.uz” 1-sentyabr – oʻquv yilining boshlanishi oldidan shu haqda maʼlumot beradi.
Xitoy
Xitoyliklar farzandini 6 yoshdan boshlab maktabga yuboradi. Dastlabki majburiy taʼlim 6 yillik boshlangʻich va 3 yillik kichik-oʻrta taʼlimni ichiga olib, 9 yil davom etadi. Keyin esa bolalarga tanlov beriladi – ular taʼlimni oddiy oʻrta maktabda yoki professional (kasb-hunarga yoʻnaltirilgan) muassasada davom ettirishi mumkin.
Finlyandiya
Finlyandiya taʼlimi sifat jihatidan dunyodagi eng saralardan sanaladi. Mamlakatda maktab taʼlimi juda erkin boʻlib, undaoʻquvchilar baholanmaydi, imtihonlar oʻtkazilmaydi va barchabolalar teng koʻriladi.
Finlyandiyada maktabgacha taʼlim muassasalari bor va barchaoilalar uchun ularning daromadidan qatʼiy nazar ochiq. Shungaqaramay, mamlakat bola 7 yoshga toʻlmagunicha, taʼlimmuassasasiga borish majburiyatini qoʻymagan. Maktablarga esabolalar 7 yoshdan qabul qilinib, taʼlim 10 yil davom etadi.
Avstraliya
Qonunga koʻra, barcha avstraliyalik bolalar 6 yoshdan boshlangʻich maktablarga yozilishi kerak. Mamlakatda majburiy maktab taʼlimi 13 yillik (“nulevoy”dan 12 sinfgacha) hisoblanadi. Shuning uchun bolalar 5 yoshidanoq taʼlim ola boshlaydi.
Hindiston
2020-yildan buyon Hindistondagi majburiy taʼlim 15 yilni tashkil etadi. Bolalar taxminan 3 yoshlik davridan (maktabga tayyorlov) oʻqishni boshlaydi va 18 yoshida tamomlaydi.
Portugaliya
Qonunchilikka koʻra, Portugaliyada (4 oy va undan koʻproq muddat) yashovchi bolalar 6 yoshdan boshlab maktabga borishi kerak. Taʼlimni uyda olib borish faqat maktablarga biriktirilgan holda olib borilishi mumkin. Lekin chorak imtihonlari qat`iyan Portugaliya taʼlim dasturi asosida topshiriladi.
AQSH
Vashington shtatida agar bola 31-avgustgacha 5 yoshga toʻlib boʻlgan boʻlsa, xususiy boshlangʻich maktablarga borishi mumkin. Lekin bu majburiy emas, ota-onalarda farzandini 8 yoshgacha davlat maktablariga berish tanlovi ham bor.
Germaniya
Germaniya ota-onalariga farzandiga uyda taʼlim berish taʼqiqlanadi. Mamlakatda umumiy majburiy maktab taʼlimtizimi mavjud boʻlib, bolalar odatda 6 yoshidan 1-sinfga borib, kamida 10 yil maktabda taʼlim oladi.
Fransiya
Fransuz bolalari uchun taʼlim 3 yoshdan boshlanib, bolalar maktabgacha taʼlim ola boshlaydi. Mamlakat fuqarolari uchun butunlay bepul boʻlgan boshlangʻich maktabga esa taxminan 6 yoshdan boshlab oʻtishi mumkin.
Shimoliy Irlandiya
Dunyo boʻyicha majburiy taʼlimga eng kichik yoshdan qabul qiluvchi mamlakatlardan biri Shimoliy Irlandiya. U yerda bolalar 4 yoshu 2 oylik davridan boshlab maktabga borishi mumkin.
Oʻzbekistonda
Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, bolalar 7 yoshga toʻlgach, 1-sinfga borishi mumkin. Ushbu tartib 2020-yilda qabul qilingan, unga qadar bola 6-7 yoshdan maktabga borishi belgilangan edi.
Aslida, bola necha yoshdan maktabga borgani maqul? – tadqiqotchilar fikri
Stenford universiteti olimlarining 2017-yilda oʻtkazgan tadqiqotlariga koʻra, 6 yosh taʼlim olishni boshlash uchun eng yaxshi davr sanaladi. Tadqiqotlar 6 yoshdan maktabga borgan bolalar 7-11 yoshida 5 yoshdan oʻqishni boshlagan tengdoshlaridan koʻra oʻzini oʻzi yaxshiroq nazorat qila olishini koʻrsatadi.
Bundan tashqari, oʻqishni oʻta vaqtli boshlash bolaning ruhiy salomatligiga ham salbiy koʻrsatishi 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan 2000 dan ortiq bola ishtirok etgan tadqiqotda maʼlum boʻlgan. Bunga asosiy sabab sifatida kichikroq yoshdagi bolalarning oʻzidan katta tengdoshlaridan ortda qolmaslik uchun doimiy stressda yurishi koʻrsatilgan.
Ma’naviyat
Vatandosh
Falsafa
San’at
Tarix
Adabiyot
Ta’lim-tarbiya
Til
Jarayon
Tarix
Tarix
Tarix
Din
Adabiyot
//
Izoh yo‘q