Milliy bayrog‘imiz sportdagi faoliyatimda doimiy hamrohimga aylangan. Biz har bir g‘alabani birga nishonlaymiz. Jahon arenalaridagi yutuqlar aslida bayrog‘imizning yuksaklarga ko‘tarilishi bilan yanada qadrli. Bu shunday hissiyotki, o‘rnini hech nima bosa olmaydi.
Shu yil yozda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan behad quvondim. Milliy ramzimizdan endi kundalik hayotda ham kengroq va ko‘proq foydalansak bo‘ladi, bunga qonun asos bermoqda.
Davlat bayrog‘i va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida, sport musobaqalarida, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda foydalanish mumkin.
Xorijda oddiy odamlar uylariga davlat bayrog‘ini ilib qo‘yganini ko‘rib havasim kelardi, endi bu imkoniyat bizda ham bor. Xalqaro musobaqalar va respublika chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlashda bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishga to‘liq ruxsat etildi.
Milliy bayrog‘imiz bizni birlashtiradi, g‘urur va iftixor beradi, yanada kuchli qiladi! Yuksak marralarga chorlab turadi! Hali bu bayroqni boshimiz uzra ko‘p-ko‘p ko‘targaymiz!
Bahodir JALOLOV,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi
Tarix
Adabiyot
San’at
Tarix
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q