O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘tkir Rahmat “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
22:03 / 28.10.2023 1182 0

 

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 46-kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, "Xalq soʻzi" va "Нaродное слово" gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmat “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.  Alisher Navoiy, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti;

2.  Zahiriddin Muhammad Bobur, “Devoni Bobur”;

3.  Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani;

4.  Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani;

5.  Oybek, “Alisher Navoiy” romani;

6.  Shukur Xolmirzayev hikoyalari;

7.  Said Ahmad, “Ufq” trilogiyasi;

8.  Ibrohim Gʻofurov, “Hayo – xaloskor” kitobi;

9.  Ozod Sharafiddinov, “Dovondagi oʻylar” asari;

10.  Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor” romani.

 

Oʻtkir Rahmat 1949-yili Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Ayni paytda “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari bosh muharriri.

 

O‘tkir Rahmatning “Irmoq”, “Sogʻinch”, “Jilgʻa”, “Rayhon hidi”, “Shukrona”, “Yurakdagi qush”, “Dilchiroq”, “Oʻtli ruh” kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.

 

Oʻtkir Rahmat Xalqaro Choʻlpon mukofoti (1993), “Shuhrat” medali (1998), “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni (2003), “Mehnat shuhrati” ordeni (2018)  bilan taqdirlangan.

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Jarayon

15:11 / 06.11.2025 0 162
Yo‘qolgan udumlar

San’at

15:11 / 05.11.2025 0 476
Jismida ikki oʻq bilan yashagan aktyor

Jarayon

17:11 / 03.11.2025 0 101
“Orzu-havas” ortidagi og‘riqlar





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//