Adabiyot
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 33-kuni Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin Aʼzam “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Pushkin, “Kapitan qizi” qissasi
2. Gogol, “Taras Bulba” romani
3. Lev Tolstoy, “Avliyo Sergiy” asari
4. Chexov, “Dasht” asari
5. Gʻafur Gʻulom, “Hasan Kayfiy” qissasi
6. Abdulla Qahhor, “Sarob” romani
7. Asqad Muxtor, “Buxoroning jinkoʻchalari” asari
8. Chingiz Aytmatov, “Oq kema” qissasi
9. Vladimir Voynovich, “Moskva 2042” asari
10. Frensis Skott Fitsjerald, “Qudratli Getsbi” romani.
Erkin Aʼzam 1950-yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. Dastlabki hikoyalar toʻplami — “Chiroqlar oʻchmagan kecha” nomi ostida chop etilgan. Uning “Otoyining tugʻilgan yili”, “Olam yam-yashil”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar”, “Pakananing oshiq koʻngli”, “Kechikayotgan odam”, “Shovqin” kabi kitoblari nashr etilgan.
Yozuvchi qalamiga mansub asarlar orasida “Chantrimore”, “Parizod” asarlari asosida suratga olingan filmlar oʻzbek kinematografiyasida yangilik boʻlgan. Bundan tashqari “Piyoda”, “Dilxiroj” asari asosida suratga olingan film xalqaro eʼtiborga sazovor boʻlgan boʻlib, Germaniya va Fransiy telekanallari orqali efirga uzatilgan. Bu film nusxasi Yaponiyadagi Fukuoka muzeyida saqlanadi.
Yozuvchining “Erkak” asari asosida suratga olingan film “Kinoshok” festivalida ishtirok etib “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Vezul kinofestivalida bosh sovrin – Gran-prini qoʻlga kiritgan.
Erkin Aʼzam qalamiga mansub asarlar rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, bolgar, gruzin tillariga tarjima qilingan. 2015-yilda yozuvchining qissalar toʻplami Angliya va Fransiyada chop etilgan. Adib “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” (1998), “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” (2016) unvonlari bilan mukofotlangan.
Adabiyot
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
1 Izoh
Ergash Cho‘jayev
11:08 / 29.08.2023
Синчалак ҳақиқий асар, мен ҳам тавсия этаман