Uyaldim, sharmanda bo‘ldim, aybim ochilib qoldi, odamlar ko‘ziga qarolmay qoldim, xijolat bo‘ldim.
“Yuz shuvut bo‘ldi” deganda taxminan yuqoridagi ma’nolarni tushunamiz. Xo‘sh, “shuvut” nima o‘zi? “Shuvut” (ba’zi shevalarda “chuvut”) so‘zi faqat “yuz shuvut” iborasida saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. Biroq bu so‘zning o‘zi alohida qanday ma’noga egaligi, kelib chiqishi haqida hozirgi lug‘atlarda ma’lumot yo‘q. Xo‘sh, yuz shuvut bo‘lish holati qanday kechadi: deylik, yuz qizarib ketadi yoki sharmandalik darajasi juda yuqori bo‘lganda kishi yuzi ko‘karishi, bo‘zarishi, hatto oqarishi mumkin. Xullas, hayajondan kishi yuzida rang o‘zgarishi sodir bo‘ladi.
Aslida, “shuvut” (“chuvut”) juda qadimiy so‘z bo‘lib, ma’nosi “rang” ekanligi haqida bobomiz Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk”da shunday ma’lumot beradi: “qїzїl ǰo‘vo‘t – qizil rang, al ǰo‘vo‘t – ol rang, kök ǰo‘vo‘t – ko‘k rang, jashїl ǰo‘vo‘t – yashil rang, sarїg‘ ǰo‘vo‘t – sariq rang, zirnix (oltingugurt kukuni). Bilgilki, ǰo‘vo‘t (chuvut) so‘zi bu ranglarning hammasi uchun umumiy so‘z bo‘lib, so‘ng unga ayrim ranglarni anglatuvchi so‘zlar qo‘shilib, farq qilinadi” (DLT. III tom. T.: “Fan”. 1963. 176-bet).
Demak, qadimgi turkiyda “chuvut” ham “tus” kabi rang ma’nosini bildirgan. Keyinchalik ko‘pgina turk lahjalariga forscha “rang” o‘zlashgan, ammo “chuvut” unutilgan, faqat “yuz shuvut”da saqlanib qolgan.
Abduvohid HAYIT
Adabiyot
San’at
Tarix
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
2 Izohlar
Анвар Бўронов
12:01 / 01.01.1970
Abduvohid HAYIT Сизга ўз номимдан катта раҳмат! Аллоҳ илмингизни зиёда қилсин!
Shonazarova Marjona
12:01 / 01.01.1970
Nechinchi asrdan buyon bizda hozirgi ma'noda ishlatiladi? Barcha shevalarda bir xil maʼnoda qoʻllaniladimi?