XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida “Oʻzbekfilm” kinokonsernining yangilangan pavilyoni namoyish etildi va “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining suratga olish ishlariga start berildi.
Yangi panoramali pavilyon eng yuqori zamonaviy badiiy va texnologik saviyada filmlar suratga olish imkonini beradi. Agar ilgari yirik blokbasterlar va jangovar filmlar xromakey yordamida suratga olingan boʻlsa, bugun Stage Sraft texnologiyasidan foydalanish bilan hammasi global miqyosda oʻzgaradi.
Texnologiya bitta pavilyonning oʻzida yuqori sifatli tasvirni olish imkonini beradi. Qimmatbaho dekoratsiyalar oʻrniga sahnaning orqa tomoniga kerakli atmosferani toʻliq yetkazib bera oladigan yirik choksiz LED panellar oʻrnatildi.
Natijada virtual olamning yuqori sifatli tasviri ekranda aks ettiriladi va operator kamerasiga hech qanday qiyinchiliklarsiz bogʻlanadi. Obyektlarning fondagi holatini kameraning joylashishiga qarab oʻzgartirish sifatli film suratga olish imkonini beradi. Stage Sraft texnologiyasidan foydalangan holda istalgan burchakdan suratga olish mumkin. Haqiqiy va virtual kameralarning kombinatsiyasi avtomatik ravishda obyektivni oʻzgartirishni taʼminlaydi. Virtual kamerani mustaqil ravishda ham, masalan, dinamik sahnalar uchun ham harakatlantirish mumkin.
Yangi pavilyonda kinofestival mehmonlari “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining birinchi epizodi suratga olinganini koʻrishdi. Mehmonlar rejissyor kamerasida film qanday suratga olinayotganini shaxsan koʻrish, ijodiy jamoa va film aktyorlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldi.
Film afsonaviy Samarqand Registonining yaratuvchisi – Bahodir Yalangtoʻsh haqida hikoya qiladi. U Registon maydonida “Sherdor” va “Tillaqori” madrasalarini bunyod etgan. Toshkent xalqaro kinofestivalida “Oʻzbekfilm” kinokonsernining yangilangan pavilyonida namoyish etildi va “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining suratga olish ishlariga start berildi.
Foto: Xolida MUSURMONOVA
Ma’naviyat
Adabiyot
Ma’naviyat
Ta’lim-tarbiya
San’at
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q