Tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yoʻlida birlashuv


Saqlash
12:09 / 14.09.2022 653 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasini oʻqib chiqar ekanman, dunyo siyosiy yangiliklarini oʻqish chogʻida ochiq qolib kelayotgan koʻplab savollarimga javob topganday boʻldim. Oʻylaymanki, Prezident tomonidan bildirilgan fikrlar bugun har bir ziyolini oʻylantirishi shubhasiz. Maqolada Prezident xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotganidan xavotirini bildirgan. Bunday paytda tashqi siyosatdagi har qanday qaror mamlakatning ertangi kunini soʻroq ostida qoldirishi mumkin. Murakkab vaziyatda, yaʼni xavotirli pallada aniq strategiyaga ega yechim taklif qila olish muhimdir.

 

Maqolada aytilgan global darajada davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotgani, bu esa oʻz navbatida geosiyosiy qarama-qarshiliklarga ragʻbat berib, “bloklarga mansublik” stereotiplarining qayta tugʻilish xavfini yuzaga keltirishi tinchlik soʻzining qadrini har qachongidan koʻra koʻproq qaddini koʻtaradi. Davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yoʻliga qaytishini va global taʼminot zanjirlarining tiklanishini murakkablashtirishi yuzasidan Prezident oʻz xavotirini bildirgan. Hech bir mamlakatning yolgʻiz oʻzi ushbu global xavf-xatarlarni chetlab oʻtish yoki bartaraf etishga qodir emasligini anglab, tashkilotning umumiy prinsiplaridan kelib chiqqan holda muammoni bartaraf etish yuzasidan oʻta muhim takliflar aytib oʻtilgan. Prezident tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yoʻlida birlashish, ayirmachilik unsuridan xoli boʻlgan jozibador makonga aylanishi lozimligini alohida taʼkidlagan.

 

Xalqimizning “Qoʻshning tinch, sen tinch”, degan dono maqoli bor. Shu maʼnoda Markaziy Osiy hamjihatligi va qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikni saqlash masalalari asosiy koʻzda tutish lozim boʻlgan masalalar sifatida qayd qilingan. Maqolada aytib oʻtilgan fikrlar tashkilotning Samarqanddagi sammitida asosiy planda turishi har tomonlama foydalidir. Murakkab siyosiy vaziyatda bu gʻoyalar amalga koʻchishi lozim, zero hamjihatlik va birdamlik bugungi siyosiy tahlikalarni yengib oʻtishda eng asosiy jihatdir.

Sarvar G'OFUROV,

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar

instituti boʻlim boshligʻi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19460
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16846
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi