Xalqaro hamkorlik – taraqqiyot omili


Saqlash
12:09 / 14.09.2022 812 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammiti oldidan eʼlon qilingan maqolasida bugungi xalqaro siyosiy jarayonlarga maʼlum maʼnoda yechimlar taklif qilingan. Sammitning asosiy shiori sifatida aytilgan «Har birimiz kuchli boʻlsakkina SHHT kuchli boʻladi», shiori eng mantiqiy va har tomonlama toʻgʻri yoʻnalish ekani sir emas. Prezidentni tashvishlantirgan eng muhim jihat dunyo davlatlarining harbiy bloklarga ajralib ketishi va bir-biri bilan ziddiyatga kirishuvi ekanini taʼkidlash lozim. Bunda kichiklar kattalar manfaati yoʻlida qurbon qilinishi ham mumkin. Shunday vaziyatda Prezident tomonidan ilgari surilgan takliflar har tomonlama puxta oʻylangani, chuqur siyosiy mushohada qilingani va dunyoni guruhlarga boʻlinishi xavfidan ogohlantirishga qaratilgani tahsinga sazovor. Urush xatari dunyoning qancha mamlakatlariga xavf solib turibdi. Dunyo jilovini tutishga urinayotgan siyosiy kuchlar esa tinchlik oliy neʼmat ekanini unutib qoʻyayotganini hamma koʻrib turibdi.

 

Maqolada SHHTning keyingi kelajagi xususida fikrlar bildirilar ekan, tashkilotning asosiy tamoyillari Shanxay hamkorlik tashkilotining turli bloklardan xoli maqomga ega ekani, ochiqlik, uchinchi mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmagani, barcha ishtirokchi tomonlarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, siyosiy qarama-qarshilik va ixtilofli raqiblikka yoʻl qoʻymaslik kabi prinsiplari prezidentimiz tomonidan SHHTning xalqaro tashkilot sifatidagi jozibadorligi deya taʼkidlangan. Dunyoning turli harbiy bloklarga boʻlinishi bu insoniyatning yakdilligi uchun emas, xalqlar oʻrtasiga nifoq solish, ayirmachilik uchun ulush qoʻshadi. Bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omili deya “samarali xalqaro hamkorlik” nazarda tutilgan.

 

Mamlakatimizning SHHTga raisligi yurtimizda keyingi olti yilda amalga oshirib kelinayotgan faol va ochiq tashqi siyosatning mantiqiy davomi ekani urgʻulangan va bu yoʻlda toʻxtab qolinmasligi aytilgan. Zero mamlakatning tashqi siyosati masalasi bugun har qachongidan ham dolzarb masaladir.

Xurshid Serobov,

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar

Instituti kichik ilmiy xodimi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19460
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16848
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi