Халқ таълими вазирлиги ота-оналарни СМС орқали огоҳлантирмоқда

Сақлаш
21:01 / 25.05.2022 1048 2

Фарзандингизнинг йўқотилган бир кунлик тарбияси бир умрлик таназзулга йўл очиши мумкин. Бу ҳақидаги огоҳлантиришни Халқ таълими вазирлиги СМС хабарнома тарзида фуқароларга юбормоқда.

 

Вазирлик ота-оналардан ушбу маълумотни эсдан чиқармасликни илтимос қилиб сўраган.

 

Uzedu.uz манзилидан келган хабарномада, шунингдек, ота-оналар болалари билан суҳбатлашиб туришга ҳам чорланган:

 

"Ҳурматли ота-оналар! Фарзандингиз билан унинг қизиқишлари ва муаммолари ҳақида суҳбатлашиш учун вақт ажратишингизни сўраймиз", дейилган.

2 Изоҳлар

Shuxrat

12:01 / 01.01.1970

Ota-onalar hozir aksariyati hayot tashvishi bilan bo'lib farzandi o'qishiga e'tibor berolmayapti. Bolasi telefon olib bersang uyda ishlayman yoki maktabga boraman deb shart qo'yiyapti. Natijada telefon olib beriyapti bola kun uzog'i vaqtining asosiy qismini telefonga onlayn o'yin o'ynashga sarflayapti. O'qish esdan chiqib ketiyapti. Ota-onalar yig'ilishiga befarq qarayapti. Ammo bolasi bironta muammo qilsa bironta o'quvchi tanbeh bersa tamom butun amma xola amakiyu bobosigacha tog'asiyu otasigacha butun uug' aymoq kelib o'qituvchini beburd qilib tashlayapti. Bu ketishishimizning oxiri voy. Ota ona bolasini maktabga qo'ymasa jarima qo'llashni yo'lga qo'yish lozim. Past o'qishiga ham nazoratni kuchaytirish maqsadida ota-onani mas'ul qilishimiz lozim. Hamkorlik qilishsin. Ha deb o'qituvchiga yopishish shart emas. Ota ona bolamni urding deb emas nega yaxshi dars bermayapsiz deb kelsin. Bularning hammasi kim uchun albatta ota-onaning foydasi uchun

Mo‘minova mohigul

12:01 / 01.01.1970

Farzandlarim bilan do‘stona munosabatdaman, kasbim o‘qituvchi, o‘zini dunyoqarashiga qarab kasbga yo‘naltirishga harakat qilyapmiz albatta dadasi bilan birgalikda bolalar tarbiyasi ham juda og‘ir hayot yo‘llarining so‘qmoqlari deb atalmish hayotda yolg‘iz tarbiya qilolmaysiz bunda ham otaning ham onaning o‘rni kattadir

Изоҳ қолдириш

Сўнгги янгиликлар

Барчаси

//