Biznes ombudsmani tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda xabar berishni so‘radi

Сақлаш
16:38 / 13.11.2024 90 0

Toshkent shahrida 10-noyabrdan boshlab tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish boshlandi. Unda hokimlik xodimlari shahardagi noqonuniy bannerlar va reklama konstruksiyalarini, ayrim hollarda muassasalarning peshlavhalarini ham olib tashlamoqda. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman) talabga mos reklamalar noqonuniy buzilgan holatlarda bu haqda xabar berishga chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish tartibi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.

 

Hozirda demontaj ishlari 25-oktabr kuni qabul qilingan tashqi reklama obyektlarining dizayn-kodi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Hujjat xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan. U joylashtirish mumkin bo‘lgan tashqi reklama turlarini, obyektlarning gabaritlarini, shuningdek joylashtirish qoidalarini belgilaydi. Tashqi reklamani joylashtirish tartibi 2020 va 2023 yillardagi hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan. O‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari qonunchilik talablariga mos bo‘lmasa, plakatlar va e’lonlar noqonuniy hisoblanadi va uning egasi o‘z hisobidan belgilangan tartibda demontaj qilishi kerak.

 

“Agarda tadbirkorlarning qonun talablariga muvofiq o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilayotgan holatlar mavjud bo‘lsa, 1100 qisqa raqami orqali Biznes-ombudsmanga xabar berishlari so‘raladi”,  deyiladi xabarda.

 

Изоҳ йўқ

Изоҳ қолдириш

Сўнгги янгиликлар

Барчаси

//