Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘nyillikda gazetalar soni 283 taga kamaygan: 2010-yili 649 tani, 2021-yil 1-yanvarda 366 tani tashkil etgan.
“Gazetaning umri tugadimi?” Bu savol ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida bot-bot muhokama qilinadi. Oyina.uz mustaqillik yillarida obuna ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradi. Infografikada beshta markaziy gazetaning so‘nggi o‘ttiz yillik tirajlari orasidagi tafovutni ko‘rishingiz mumkin.
“Xalq so‘zi”ning 1992-yil 1-soni (bosh muharrir Ahmadjon Muxtorov) 118 800 nusxada chop etilgan bo‘lsa, 2002-yil 1-soni (bosh muharrir Abbosxon Usmonov) 34 610 nusxada nashr qilingan. 2012-yil 1-soni (bosh muharrir O‘tkir Rahmatov) 106 447 tirajda, 2022-yil 1-soni (bosh muharrir O‘tkir Rahmatov) 35 742 adadda chiqqan. O‘ttiz yilda obunachilar soni 3,5 barobarga tushib ketgan.
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1992-yil 30-oktabrdagi 44-soni (bosh muharrir Ahmadjon Meliboyev) 210 723 dona chiqarilgan (yil boshidagi sonlarida tiraj ko‘rsatilmagan), 2002-yil 1-soni 6 512 adadda nashr qilingan (bosh muharrir yozilmagan). 2011-yil 52-soni (bosh muharrir Sa’dulla Hakim) 4 415 nusxada chop etilgan. 2022-yil 1-soni (bosh muharrir Salim Ashur) 925 nusxada bosilgan. Demak, obuna o‘ttiz yilda 227 barobarga ozaygan.
“Yoshlar ovozi” gazetasi 1994-yil (“Turkiston”) 17-sonda 41 426 nusxada nashr qilingan (bosh muharrir G‘affor Hotamov). 2002-yilning 1-2-qo‘shma soni esa 4 694 adadda chiqqan (bosh muharriri Salim Ashurov). 2013-yil 1-son 15 225 nusxada chop qilingan (bosh muharriri Salim Ashurov). 2022-yil avvalida 622 nusxada chop etilgan gazetaning obunachilari iyul oyida 10 584 tani tashkil etyapti (bosh muharrir Hamza Abdullayev). O‘ttiz yillik farq 4 barobarni tashkil qiladi.
“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 3-soni (bosh muharrir Rasul Rahmonov) 349 745 tirajda bosilgan bo‘lsa, 2003-yil 1-soni (bosh muharrir Safar Ostonov) 15 155 nusxada chiqarilgan. 2012-yil 1-son 20 075 adadda chop etilgan (bosh muharrir Safar Ostonov). Gazetaning 2022-yil 1-soni 2 010 dona chiqqan (bosh muharrir To‘lqin To‘raxonov). Obuna ko‘rsatkichi o‘ttiz yilda 174 barobarga qulagan.
“Ma’rifat” gazetasining 1992-yil 1-soni 160 000 nusxada chiqarilgan (bosh muharrir o‘rinbosari Qambar ota). 2002-yil 1-soni (bosh muharrir Halim Saidov) 27 539 tirajda bosilgan bo‘lsa, 2012-yil 1-soni (bosh muharrir Abdusamat Rahimov) 56 361 nusxada nashr qilingan. Gazetaning 2022-yil 1-soni adadi 3 276 dona (bosh muharrir Husan Nishonov). Tiraj o‘ttiz yilda 48 barobarga kamaygan.
Matn: Nargiza Odinayeva
Dizayn: Nuriddin Nazrulloyev
Tarix
Tarix
Tarix
Jarayon
Til
Tarix
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q