Xalq shoiri Shukrullo xonadoniga xotira baralyefi o‘rnatildi

Saqlash
20:09 / 27.10.2021 1008 0

Bugun, 27-oktabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Shukrullo tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adib yashab, ijod qilgan uyga o‘rnatilgan xotira barelyefining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoalari, yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar adib yashab ijod qilgan uyda yig‘ildilar.

Xotira barelyefining ochilish marosimida uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo so‘zga chiqib, Shukrullo domlaning qoldirgan adabiy merosi, asarlarining mazmun-mohiyati, insoniylik jihatlari haqida gapirib o‘tdi.

Yodgorlik lavhasi muallifi – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Haykaltaroshlar shoʻbasi raisi To‘lagan Tojixo‘jayev ijodkor siymosini yaratishda uning qaysi jihatlariga e’tibor qaratilgani haqida so‘zladi. Marosimda adibning oila a’zolari ham so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan adabiyotni rivojlantirishga, ijodkorlar nomini abadiylashtirishga qaratilgan ezgu ishlar katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//