18:18 / 27.10.2021
1226
0
Madaniyat
Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi “Ұлттық рухани жаңғыру” (Milliy ma’naviy yangilanish) loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Currenttime” nashri.
Qozoq tilini kundalik maishiy muloqotdan ilm-fan va biznes tili darajasiga ko‘tarish, shuningdek, Qozog‘istondan boshqa mamlakatlarda ham milliy madaniyatni targ‘ib qilish loyihaning asosiy vazifalari etib belgilangan.
“Aslida bu inson ongiga tikilgan sarmoya bo‘lib, uning natijasi jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarida: madaniyat, iqtisodiyot, ta’limda namoyon bo‘ladi”, deydi vazir Aida Balayeva. Hisob-kitobga ko‘ra, loyiha 280 million dollarga tushadi.
Taqdimotda ma’lum qilinishicha, milliy ma’naviyatni shakllantirish haqidagi taklif allaqachon hukumat tomonidan tasdiqlangan. Rasmiylar ko‘plab muhokamalarga qaramay loyihadan voz kechmoqchi emas.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112295
Jamiyat
94972
Jamiyat
91093
Jamiyat
75856
Jamiyat
//
Izoh yo‘q