Shavkat Mirziyoyev Moʻgʻuliston Prezidenti bilan uchrashdi

Saqlash
18:26 / 14.09.2022 867 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentyabr kuni Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

 

Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston munosabatlarini faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Ikki mamlakat Prezidentlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida oʻtkazilgan birinchi qoʻshma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadilar.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi. Buning uchun zaror shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qoʻshma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Madaniy-gumanitar almashinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

 

Moʻgʻuliston Prezidenti Oʻzbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi samarali raisligini qayd etib, sammit muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

 

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat zrtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//