Jamiyat
Alatau hayvonot bogʻiga 2016-yilda 3 yoshligida olib kelingan.
Alatau laqabli jirafaning vafoti sabablari haqida Toshkent hayvonot bogʻining bosh veterinar shifokori Mahmud Koʻziboyev soʻzlab berdi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻlimdan keyingi patologoanatomik va laborator tekshiruvlari natijalariga koʻra, hayvonning oʻlimi proventrikulyar timpaniya tufayli yuzaga kelgan miya ishemiyasi tufayli sodir boʻlgan. Timpaniya, oʻz navbatida, oʻn ikki barmoqli ichakning tugʻma nuqsoni tufayli hosil boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz: Alatau hayvonot bogʻiga 2016-yilda 3 yoshligida olib kelingan. Bu yerda jonivorning yashashi va toʻlaqonli oziqlanishi uchun eng maʼqul sharoitlar yaratilgan, shuningdek, barcha profilaktik veterinariya tadbirlari ham oʻz vaqtida oʻtkazilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109776
Jamiyat
94151
Jamiyat
89955
Jamiyat
73147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q