Siyosat
Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti kun tartibida iqlim oʻzgarishi masalasi muhokama qilinadi. Bu haqida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov maʼlum qildi.
Uning bildirishicha, Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan SHHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yigʻilishida “Iqlim oʻzgarishiga qarshi choralar koʻrish toʻgʻrisida”gi bayonot loyihasi muhokama qilinib, kelishib olindi.
“SHHT doirasida bu boradagi bayonot birinchi marta qabul qilinmoqda. Bu tashkilotning mintaqaviy va global iqlim muammolarini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirokchi boʻlish istagi va tayyorligini koʻrsatadi. Xususan, hujjatda SHHTga aʼzo davlatlarning ushbu sohadagi asosiy xalqaro-huquqiy mexanizmlari – BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi va Parij kelishuvi qoidalarini samarali amalga oshirish masalalariga umumiy yondashuvlari aks ettirilgan”, – dedi Yusuf Qobuljonov.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
109779
Jamiyat
94153
Jamiyat
89959
Jamiyat
73151
Jamiyat
//
Izoh yo‘q