Siyosat
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik borasida brifing oʻtkazib, maʼlumotlar berib oʻtdi.
Ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda.
– Avval xabar berganimizdek, bugun Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi boshlanadi. U Samarqandga tushdan soʻng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi. Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15-sentyabr kuni kutilmoqda, – dedi Sherzod Asadov.
Bugun koʻplab ikki tomonlama muzokaralar rejalashtirilgan. Kechga yaqin SHHT sammitining norasmiy tadbirlari boshlanadi. Asosiy tadbir esa 16-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi turizm markazidagi Kongress xolda boʻlib oʻtadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q