Madaniyat
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti mualliflik huquqi sohasida eng shov-shuv boʻlgan “TOP-5”lik rroʻyxatini eʼlon qildi.
5-oʻrin. Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev va shoir Behzod Fazliddin oʻrtasidagi fuqarolik sud ishi.
Xonanda J.Ahmadaliyev shoir Behzod Fazliddinga tegishli boʻlgan “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” toʻplamidagi “Balosiz – goʻyoki gʻamimni yeysiz” deb boshlanuvchi sheʼrdan muallifning ruxsatisiz foydalangan. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qaroriga koʻra xonanda J.Ahmadaliyevga jami 26 mln. soʻm tovon pulini shoirga toʻlab berish va “Ayyor doʻstlarim” nomli qoʻshiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.
4-oʻrin. Qoʻshiqchi Oʻktam Aliyevga tegishli boʻlgan “Oʻylamadim” qoʻshigʻini xonanda Doston Ergashov tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganligi haqidagi sudi ishi.
Ikki xonanda oʻrtasidagi mojarolar sanʼat olamida katta shov-shuvga sabab boʻlgan edi. Uzoq muddatli kelishmovchiliklardan soʻng ushbu sanʼat vakillari oʻzaro kelishuvga erishdi. Adliya vazirligi ushbu jarayonda mediator vazifasini bajargan va buning natijasida yana bir mualliflik sohasidagi nizo bartaraf etildi. Kelishuvga muvofiq “Oʻylamadim” qoʻshigʻining muallifi Oʻktam Aliyev xonanda Doston Ergashovga nisbatan 50 million soʻm miqdoridagi moddiy va maʼnaviy zararni undirish yuzasidan tegishli sudga kiritgan arizasini qaytarib oldi.
3-oʻrin. Xalqimiz orasida “Sanjay” tahallusi bilan mashhur boʻlgan xonanda Sanjar Javberdiyev va Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim oʻrtasidagi fuqarolik sud ishi.
Xonanda “Sanjay” shoir Usmon Azimga tegishli boʻlgan “Karvon” sheʼridan noqonuniy foydalanganligi sababli fuqarolik ishlari boʻyicha sudning Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 90 million soʻmdan ortiq tovon puli undirilishi xaqidagi qarori chiqqan.
2-oʻrin. Xalqimiz orasidagi mashhur shoir Bobur Bobomurod va taniqli “Farhod va Shirin” juftligi oʻrtasidagi fuqarolik sud ishi.
Shoirning sheʼriy asarlarga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi yuzasidan sud ishi koʻrilgan va shoir hisobiga 130 million soʻm tovon puli undirish haqidagi sud qarori chiqqan.
1-oʻrin. Yulduz Usmonova va shoir Yoʻlchi Roʻziyev oʻrtasidagi fuqarolik sud ishi.
Shoir Yoʻlchi Roʻziyevga tegishli boʻlgan “Xasta boʻlma” sheʼri Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova tomonidan huquq egasining ruhsatisiz noqonuniy foydalanilganligi sababli fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qaroriga koʻra Yulduz Usmonova hisobidan daʼvogar Yoʻlchi Roʻziyev foydasiga umumiy miqdorda 185 million soʻm undirish belgilangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q