Siyosat
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Shanxay hamkorlik tashkilotining 22 sammitiga mezbonlik munosabati bilan murojaat yoʻlladi.
“Mazkur sammitga tayyorgarlik kecha yoki bugun emas, Prezidentimiz tomonidan SHHTning 2022-yildagi sammitini Samarqandda oʻtkazish tashabbusi ilgari surilganidan boshlangandi. Buning uchun Samarqand shahrining infratuzilmasi toʻliq yangilandi, yangi yoʻl va koʻpriklar, xiyobonlar qurildi. Rudakiy, Ibn Sino, Boʻstonsaroy, Afrosiyob, Shohi Zinda, Sadriddin Ayniy, Registon, Panjikent, Firdavsiy, Dahbed kabi oʻndan ortiq koʻchalar rekonstruksiya qilindi. Usta Umar Joʻraqulov koʻchasi tubdan qayta qurildi. Bu koʻchalar atrofidagi turar joy va boshqa obyektlar ham milliy va zamonaviy arxitektura uygʻunligida yangidan bunyod etildi. Samarqand xalqaro aeroportining oʻziga xos koʻrinishdagi zamonaviy yangi terminali qurildi”, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, 250 gektardan ortiq ochiq maydonda, eshkak eshish kanali atrofida “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazi qurildi. Bu majmuada jahon standartlariga mos mehmonxonalar va kongress markazi, “Boqiy shahar” majmuasi va yana koʻplab boshqa inshootlar qad rostladi. Ayni paytda esa Imom Buxoriy majmuasi qaytadan bunyod etilmoqda.
“Bu inshootlar, maydon va xiyobonlarda, koʻchalar atrofida millionlab noyob daraxt va butalar, gullar ekildiki buning natijasida bugun Samarqand har qachongidan koʻrkam qiyofaga kirdi”, deydi Erkinjon Turdimov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q