Siyosat
15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari boʻlib oʻtadi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sammit ishida SHHTga aʼzo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Moʻgʻuliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston, shuningdek, BMT, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.
Samarqand sammitining kun tartibiga muvofiq koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari, SHHTni rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalari koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Yakunda tashkilot faoliyatini kengaytirish va ustuvor sohalardagi mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplamining imzolanishi kutilmoqda.
Taʼkidlash joizki, boʻlajak majlis SHHT yetakchilarining 2020-yilda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan soʻng oʻtgan oxirgi uch yilda birinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʻladi.
Shuningdek, sammit Oʻzbekistonning SHHTdagi raisligiga yakun yasaydi. Oʻtgan davrda 80 dan ortiq yirik tadbir oʻtkazilgan.
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
109753
Jamiyat
94129
Jamiyat
89919
Jamiyat
73120
Jamiyat
//
Izoh yo‘q