Jamiyat
O'zgidromet 24-maygacha bo'lgan ob-havo ma'lumotini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli jala-yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Momaqaldiroq bolishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining faqat ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va chol hududlarda hamda respublika janubidagi ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati 22–24-mayda kechalari +13– +18 daraja, kunduz kunlari +22– +27 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bolishi mumkin. Harorat +22– +24 darajada bo‘ladi.
Ertaga, 23-may kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bolishi mumkin. Kunduzi harorat +25– +27 darajagacha ko‘tariladi.
24-may – yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kunduzi +22– +24 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +15– +18 daraja bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 m/s gacha kuchayadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112356
Jamiyat
95021
Jamiyat
91207
Jamiyat
75924
Jamiyat
//
Izoh yo‘q