Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasiga 15 ta yuk mashinasidan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi.
Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Artik–Lyutfobod” nazorat-o‘tkazish punktida Eron tomoniga tantanali ravishda topshirilgan gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.
Xabarga ko‘ra, tadbirda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mo‘jtabo Ro‘zbehoniy, Dargaz shahri hokimi Mo‘jtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xurosoni Razaviy viloyatidagi vakili Haydari Fard, shuningdek, bojxona, sog‘liqni saqlash va insonparvarlik tashkilotlari vakillari ishtirok etgan.
Eron tomoni ushbu sinovli damlarda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirgan.
(1).jpg)
Ta’kidlash lozim, mazkur insonparvarlik tashabbusi O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash ruhining yana bir yorqin ifodasidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112356
Jamiyat
95020
Jamiyat
91206
Jamiyat
75923
Jamiyat
//
Izoh yo‘q