Jamiyat
Joriy yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2026-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan tegishli tavsiya va namunaviy ssenariylar yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkazilgan.
Ularga ko‘ra, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida namunali xulqi va a’lo baholari bilan o‘rnak ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar rag‘batlantiriladi hamda o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona” nominatsiyalar bo‘yicha “Minnatdorchilik xat”lari topshiriladi.
Mazkur tadbirlar belgilangan tartib va xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda o‘tkazilishi uchun tegishli vazirlik va tashkilotlar, joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari va ota-onalar bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, joriy yil 25–30-may kunlari barcha hududlarda “Xayr bog‘cha- salom maktab!” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun bog‘chalarda tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etishda o‘quvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish, maktab rahbariyati yoki pedagoglarga bitiruvchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, xonadon yoki boshqa maskanlarda qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish va o‘quvchilar ishtirokida avtomashinalarda sayr tashkil etish qat’iyan taqiqlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112356
Jamiyat
95020
Jamiyat
91206
Jamiyat
75924
Jamiyat
//
Izoh yo‘q