Jamiyat
Toshkent shahar IIBB maʼlum qilishicha, 10-sentyabr kuni soat 08:30 larda maktab rahbariyati va voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixologlar ishtirokida oʻquvchilar oʻrtasida “Davomat” va “Tigʻ” tadbirlari boʻyicha profilaktik suhbat oʻtkazilgan.
Profilaktik tadbir jarayonida 11-sinf oʻquvchisi B.M. yonida gʻilofsiz holda kanselyariya qaychisini olib yurgani aniqlangan. Maktab oʻquvchilariga sovuq qurol, jumladan oʻtkir tigʻli buyumlarni olib yurish taqiqlangani, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun gʻilofda sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilgani aks etgan foto ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Shuningdek, profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan oʻquvchilarga maktabda kiyim kiyish qoidalari, tashqi koʻrinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109992
Jamiyat
94292
Jamiyat
90147
Jamiyat
73429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q