Jamiyat
Fargʻonada sobiq hamshiraning uy sharoitida notoʻgʻri ukol qilishi oqibatida qizaloq vafot etdi. Bu haqida “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Voqea viloyatning Uchkoʻprik tumanida sodir boʻlgan.
1988-2000-yillarda tuman Tibbiyot birlashmasida ishlagan, keyinchalik salomatligi bois ishdan boʻshab ketgan sobiq hamshira qishloqdoshlarining iltimosiga koʻra uy sharoitida shifokor buyurgan ukollarni qilib kelgan.Ovsinining kelini ham qizi betobligi sabab, shifokor yozib bergan ukollarni olib kelib undan muolaja olishda yordam soʻragan.
Sobiq hamshira M. qarindoshiga yoʻq deyolmagan va shifokor yozib bergan “Seftoks” nomli kukunni 10 gramm “Novokain” bilan eritgan va eritmaning 0,1 grammini bemorning chap quymuch qismiga sinama tarzda yuborgan.
Oradan 3-4 daqiqa oʻtgach, qiz qorni ogʻriyotganini aytib, qayt qilib yuborgan va sal oʻtmay hushini yoʻqotgan.
Qizni Buvayda tuman Tez tibbiy yordam boʻlimi 9-sonli shoxobchasiga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra qizaloqqa “Seftoks-Novokain” eritmasi yuborilganda nojoʻya taʼsir oqibatida allergik reaksiyani yuzaga keltirgan va nafas yoʻllari berkilib qolgan. Uy sharoitida tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur dori vositalari boʻlmagani uchun bemorning hayotini saqlab qolish imkoniyati yoʻq boʻlganligi sababli oʻlim qayd etilgan.
Mazkur holat Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudida koʻrilib, sobiq hamshiraga Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (Ehtiyotsizlik orqasidan odam oʻldirish) bilan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q