Jamiyat
11-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminalida tutun paydo boʻldi. Yoʻlovchilar va xodimlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻinga birinchi qavat tagidagi transformator podstansiyasida joylashgan uzluksiz elektr taʼminotining (UPS) qisqa tutashuvi sabab boʻlgan. Qisqa tutashuv oqibatlarini bartaraf etish hamda voqea joyida ishlayotgan xizmatlar xodimlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida aeroport terminalini maʼlum muddatga elektr energiyasidan uzib qoʻyishga qaror qilingan.

Yongʻin tezda bartaraf etilgan. Soat 10:40da aeroportni vaqtincha elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan.
Ayni damda Olmaotaga (KS-128), Nur-Sultonga (HY-721) va Moskvaga (SU-1975) uchayotgan reyslar kechiktirilgan.
Sport
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112299
Jamiyat
94973
Jamiyat
91094
Jamiyat
75859
Jamiyat
//
Izoh yo‘q