Jamiyat
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati pasayadi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Juma kuni kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +32…+35 daraja atrofida boʻladi. Faqat respublikaning gʻarbiy hududlari boʻyicha Volga boʻyi hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
Shanba va yakshanba kunlari nam havo massalari respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirida kuzgi salqin sifatida oʻzini namoyon etadi.
11-sentyabrda osmonda kuzgi bulutlar paydo boʻladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor. 11−12-sentyabrda Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda va respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi.
Front kirib kelishida 10−11-sentyabr kunlari shamol 15−18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi, shanba kuni Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi baʼzi joylarda 20−23 m/s ga yetishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida yakshanba kuniga kelib kunduz kungi harorat +23…+28 darajagacha pasayadi. Dushanbaga kelib tungi harorat oʻzining minimumiga, +10…+13 darajagacha tushadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q