Jamiyat
Tadbirda vazirga yildan-yilga yangi kvotalar, yoʻnalishlar ochilayotgani, biroq yangi ish oʻrinlari yaratilmay turib, bunaqa yoʻnalishlarni ochib tashlayverish qanchalik toʻgʻri ekani borasida savol berildi.
Abduqodir Toshqulovga koʻra, bu oʻquv yilida yoʻnalishlar umumlashtiriladi, kamaytiriladi.
“60 ta taʼlim yoʻnalishini professional taʼlim darajasiga tushirdik. Masalan, universitetlarda «kutubxona yoʻnalishi” degan taʼlim yoʻnalishi bor, holbuki bu yoʻnalish boʻyicha texnikumlar ham mutaxassis chiqara oladi. Bakalavriatdagi 2 mingdan ortiq taʼlim yoʻnalishini bu oʻquv yilida yana qisqartiramiz», - dedi u.
Taʼkidlanishicha, har bir mutaxassislik va kasb boʻyicha malaka talablarini ishlab chiqish muhim. Hozir Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan shu yoʻnalishda ish olib borilayotgani, bunga 1 yil vaqt kerak ekani aytiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
111998
Jamiyat
94705
Jamiyat
90713
Jamiyat
75502
Jamiyat
//
Izoh yo‘q