Madaniyat
Madaniyat vazirining buyrugʻi bilan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritildi. Bu haqida Norma.uz xabar bermoqda.
Ularga muvofiq davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlarning quyidagilarga ega maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, ijodiy xodimlari va mutaxassislarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari quyidagicha belgilandi:
fan doktori ilmiy darajasiga yoki fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlganlarga — 2,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlganlarga — 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Davlat madaniyat muassasalari 2021-yil 1-yanvardan mehnatga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlash topshirildi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q