Iphone 13 Pro Max egasiga topshirildi

Saqlash
01:20 / 08.09.2022 895 0

Oyina.uz portali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan yutuqli viktorina oʻtkazganidan xabaringiz bor. Ikki bosqichda boʻlib oʻtgan onlayn viktorinada Shoxijahon Urunov (1-oʻrin, 19 ta toʻgʻri javob, 7 minut 52 sekund), Nodir Avazov (2-oʻrin, 19 ta toʻgʻri javob, 9 minut 21 sekund) va Boburbek Latipov (3-oʻrin,17 ta toʻgʻri javob, 6 minut 25 sekund) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

 

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Markaz rahbari Minhojiddin Hojimatov ularni tabriklab, sovrinlarni topshirdi.

 

 

Shoxijahon Urunov,

1-oʻrin sohibi:

 

– Buxoro davlat Pedagogika instituti tarix yoʻnalishi 2-bosqich talabasiman. Viktorina haqida xabar topganimdan keyin ikkilanmay yaqinlarim, tanishlarimga taklif havolasini yubora boshladim. Birinchi bosqichda yuqori 100 talikka kirgach, savollar qiyin boʻlmasmikan, deb oʻylanib qoldim. Vatanimiz tarixidan yaxshi xabardorligim va oyina.uzʹda beriladigan maqolalarni doimiy oʻqib borganim test yechishda asqatdi.

 

Natijalar eʼlon qilingach, rosti, ishonmadim. Uydagilarga aytsam, ular ham ishonqiramay qarashdi. Keyingi vaqtlarda “Qaysidir aksiyada gʻolib boʻldingiz”, deb havola yuborib, firibgarlik qilayotganlar ham koʻpaygan-da. Menga oyina.uz portalidan aloqaga chiqishganidan soʻng yaqinlarim gʻoliblik bilan tabrikladi.

 

Tanlov faqatgina tavakkalchilikka, masalan, “random” kabi dasturlarda tasodifiy gʻolib tanlashga emas, balki bilim bilan gʻalaba qozonishga asoslangani judayam yoqdi. Nazarimda, oʻyinlar shunday oʻtkazilsa toʻgʻri va halol boʻladi. Oyina.uzʹga va barcha oʻquvchilariga omad tilayman!

 

Boburbek Latipov,

3-oʻrin sohibi:

 

– Oyina.uzʹni doimiy kuzatib boraman. Ayniqsa, tarix, til va taʼlim yoʻnalishidagi maqolalarni boshqa manbalarda uchratmaganim bois mazza qilib oʻqiyman. Viktorinada gʻolib boʻlganimni bilgach, juda quvondim. Avval-boshidayoq tanlovda asosiy masalani bilim hal qilishini anglagach, sovrinli oʻrinlardan birini egallashni niyat qilgandim. Kishi bir narsaga qattiq kirishsa, harakat qilsa va ilm egallasa, maqsadiga erishishiga yana bir marta amin boʻldim. Tanlov mutasaddilariga, Oyina.uz portali ijodiy jamoasiga adolatli viktorina uchun rahmat!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//