Jamiyat
Milliy kitobxonlik dasturida 50 ming dollar mukofot ikki o‘quvchiga beriladiPrezident farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha umummilliy tanlovda uchta o‘rinda ikkitadan g‘olib aniqlanadi, 5 ta qo‘shimcha nominatsiya bo‘ladi.
Qayd etilishicha, “Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi prezident farmoyishiga ko‘ra, 2026-yildan har yili umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy kitobxonlik harakati (dastur) har yili uch bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich “kitobxonlikharakati.uz” elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tgan holda onlayn, 2- va 3-bosqichlar esa bevosita ishtirok etish formatida viloyat va respublika darajasida o‘tkaziladi.
Dasturda ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida ishtirok etib, belgilangan tartibda saralanadi.Yuqori sinf toifalari (6-8-sinf, 9-11-sinf) bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
— 1-o‘rinni olgan ikki nafar g‘olibning har biri 50 ming dollar pul mukofoti va diplom;
— 2-o‘rinni olgan ikki nafar sovrindorning har biri 30 ming dollar pul mukofoti va diplom;
— 3-o‘rinni olgan ikki nafar sovrindorning har biri 15 ming dollar pul mukofoti va diplom;
— 5 ta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlarning har biri 10 ming dollar pul mukofoti va diplom beriladi.
Dastur doirasida barcha o‘quvchi yoshlarning ishtirokini ta’minlash va ularga teng imkoniyat yaratish maqsadida A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi hamda barcha axborot-kutubxona markazlari va maktab kutubxonalari zarur o‘quv resurslar bilan ta’minlanadi.
Dasturni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rivojlanish dasturlari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112400
Jamiyat
95060
Jamiyat
91271
Jamiyat
75971
Jamiyat
//
Izoh yo‘q