Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etib, o‘z nutqida Oʻzbekiston uchun YOII mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning muhim jihatlariga to‘xtalib, hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini bildirib o‘tdi.
Birinchi. Oʻzbekiston va YOII davlatlari oʻrtasida toʻsiqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirishga kirishish, elektron tijoratni rivojlantirish va uni tartibga solish borasidagi yondashuvlarni muvofiqlashtirish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohalarida raqamli maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash, shuningdek, elektron hujjatlarni bosqichma-bosqich oʻzaro tan olish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, raqamli tranzitni joriy etish, kuzatuv tizimlariga ulanish hamda oʻtkazish punktlarini modernizatsiya qilish orqali “aqlli” transport-bojxona yoʻlaklarini yaratish ishlariga kirishish maqsadga muvofiq ekani bildirib o‘tildi.
Ikkinchi. Sanoat kooperatsiyasi rivojiga yangi turtki berish muhim ekani aytib o‘tilib, biznesning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologik sheriklik va yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishga qiziqishi ortib borayotgani, buni joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan oltinchi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” koʻrgazmasi ham tasdiqlashini ta’kidladi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlashda mazkur koʻrgazma salohiyatidan foydalanish taklif etildi. Sanoat avtomatizatsiyasi va robototexnika, energetika uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, suv tejovchi texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari va boshqa sohalarni istiqbolli yoʻnalishlar qatorida qayd etildi. Oʻzbekistonda kooperatsiya boʻyicha “yagona darcha” formatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda sheriklarni tanlaydigan, erkin sanoat zonalarimiz negizida tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydigan, moliyalashtirishni jalb etishga koʻmaklashadigan qoʻshma loyiha ofisini tashkil etilishi ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimiz YOII davlatlaridan keladigan yuqori texnologiyali rezidentlar uchun qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi sharoitlarni ishlab chiqishga tayyor ekani bildirildi.
Uchinchi. Energiya samaradorligini oshirish, toza texnologiyalarni joriy etish va mahsulotlarning uglerod sigʻimini kamaytirishga qaratilgan Sanoatni “yashil” transformatsiya qilish qoʻshma dasturini qabul qilish taklif etildi.
Bu endilikda mamlakatlarimiz uchun nafaqat ekologik kun tartibidagi masala, balki sanoatning uzoq muddatli raqobatdoshligini taʼminlaydigan muhim omilga aylanishi bildirib o‘tildi.
Qoʻshma “yashil” loyihalar portfelini shakllantirish, ularni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini rivojlantirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash orqali sanoatning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish amaliy chora-tadbirlar sifatida dasturdan oʻrin olishi mumkinligi ta’kidlandi.
Toʻrtinchi. Bandlik boʻyicha milliy elektron xizmatlarni oʻzaro bogʻlash orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ekani aytildi. Bunda fuqarolarning ishonchli boʻsh ish oʻrinlari, ishga joylashish shartlari hamda migratsiya qonunchiligi normalari haqidagi maʼlumotlardan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanishini taʼminlaydigan qulay va yaxlit raqamli muhitni shakllantirish, mehnat bozorlari ehtiyojlarini hisobga olish, xodimlarning malakasini oshirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va norasmiy bandlik xavflarini kamaytirish imkonini berishi bildirildi.
Beshinchi. “Markaziy Osiyo turistik halqasi” tashabbusi ilgari surilib, YOII mamlakatlarini unda ishtirok etish va mazkur turistik yoʻnalishni ommabop raqamli platformalarda birgalikda targʻib qilish taklif etildi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91285
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q