Jamiyat
Joriy yilning 5-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanidagi 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalariga qoʻpol ravishda maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilganligi aks etgan video tarqaldi.
Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berishicha, holatni oʻrganish boʻyicha tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilgan.
«Oʻrganishlar davomida tumandagi 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-sinf rahbari Gʻ. Sh. sinf oʻquvchilariga maktab darsliklari va mashq daftarlarini qoʻpol tarzda, oʻqituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi maʼlum boʻldi.
Oʻqituvchiga xos boʻlmagan xislatda xatti-harakat qilganligi sababli Sh.Gʻ. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Maktab darsliklari va mashq daftarlarini tarqatilish jarayonini nazoratga olmagani va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyganligi sababli maktab direktori E.H. egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligini maʼlum qilamiz», deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergandi.
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110803
Jamiyat
94459
Jamiyat
90378
Jamiyat
74275
Jamiyat
//
Izoh yo‘q