Madaniyat
O‘zbekiston — Yaponiya qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidagi Mingtepa yodgorligida olib borilayotgan qazuv ishlari davomida VIII asrga oid devoriy surat namunalari topildi. Bu haqda Samarqand arxeologiya instituti ma’lum qildi.
2026-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumani Qoramo‘yin mahallasida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari va Yaponiya olimlari tomonidan qazuv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur yodgorlikning davriy sanasi miloddan avvalgi III milodiy VIII asrlarga oid bo‘lib, uning Shahriston qismidagi (1-qazishmasida) qazuv ishlari davomida VIII asr memoriy devor qoldiqlari va devoriy sur’at namunalari aniqlandi.
Samarqand arxeologiya instituti xodimlari M. Reutova boshchiligida restavratsiya ishlari amalga oshirilmoqda. 2-qashimada altar o‘rni aniqlangan bo‘lib, uning xona devorlarida qizg‘ish, ko‘k, havorang devoriy sur’at namunalari aniqlandi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra qazishma VII asrda ibodatxona vazifasini o‘tagan. Tadqiqotga O‘zbekiston tomondan arxeolog H. Rahmonov, N. Alimov Restavratsiya ishlari M. Reutova, G. Axadova, B. Boliyev Yaponiya tomonidan Tomoyoku U, Begmatov A hamda Samarqand Turizm instituti talabalari jalb etilgan.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112301
Jamiyat
94975
Jamiyat
91096
Jamiyat
75861
Jamiyat
//
Izoh yo‘q