Jamiyat
Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Samarqand viloyatida maktab oʻquvchilariga darsliklar otib tarqatilgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanida oʻqituvchi kutubxonadan olib chiqilgan kitoblarni zina tepasidan turib oʻquvchilarga uloqtirgani tasvirlangan video tarqaldi.
“Nurobod tumanidagi 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalariga qoʻpol ravishda maktab darsliklari tarqatilgani aks etgan video lavhadagi holatni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari boshlab yuborilgan. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beramiz”, – deyiladi munosabatda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2022/2023 oʻquv yiliga maktab darsliklari toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdori eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi. Xalq taʼlim vazirligi darsliklarning ijara narxi boʻyicha tushuntirish bergandi. 5-sentyabr kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekistonda maktab darsliklari va mashq daftarlari bepul ijaraga berilishini maʼlum qildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q