Jamiyat
Oʻzbekistonda hafta davomida iliq ob-havo kuzatiladi. Oʻzgidromet bu kuz faslining boshi uchun meʼyoriy qiymatlardan biroz iliqroq boʻlishini maʼlum qildi.
Haftaning birinchi yarmida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari +34…+39 daraja atrofida boʻladi.
Payshanba kunidan boshlab mamlakat hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari +13…+18 darajagacha, kunduz kunlari +30…+35 darajagacha biroz pasayadi.
7−9-sentyabr kunlari faqat Qoraqalpogʻiston tumanlari boʻyicha qisqa muddatli yomgʻir yogʻish ehtimoli bor.
6-sentyabr kuni shimolda, 7−8-sentyabr kunlari respublikaning choʻl hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.
Avvalroq, 5-sentyabr kuni 5 ballik magnit boʻronlari kuzatiladi, seshanba kuniga kelib boʻron taʼsiri kamaya boshlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, koʻpchilikda orqa bosh miyada ogʻriq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112311
Jamiyat
94984
Jamiyat
91106
Jamiyat
75871
Jamiyat
//
Izoh yo‘q